» » Samarqand shahar hokimining investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari ishdan olindi

Samarqand shahar hokimining investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari ishdan olindi


Samarqand shahar hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat Sattorov o‘z vazifasidan bo‘shatilgan.

“Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayevning xabar berishicha, Shuhrat Sattorov lavozim majburiyatlarini bajarolmagani, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari sababli ishdan ozod etilgan.

Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan Shuhrat Sattorov 1999-yildan 2018-yilgacha mazkur o‘quv yurtida aspirantlikdan prorektor darajasigacha ko‘tarilgandi. O‘tgan yili Samarqand shahar hokimi o‘rinbosari etib tayinlangandi.

Hozircha uning o‘rnida kim ish boshlagani ma’lum emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 28) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют