» » “O‘zatom”: AES qurish uchun maydon tanlash ishlarining birinchi bosqichi yakunlanish arafasida

“O‘zatom”: AES qurish uchun maydon tanlash ishlarining birinchi bosqichi yakunlanish arafasida


Bugun, 4-fevral kuni Toshkent shahridagi Miran International mehmonxonasida atom energetikasi bo‘yicha seminar boshlandi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

Seminarda atom energetikasi bo‘yicha xalqaro agentlik — AEXA (MAGATE) delegatsiyasi, “Rosatom” davlat agentligi va “O‘zatom” agentligi vakillari ishtirok etmoqda. Unda atom elektr stansiyasi uchun maydon tanlashda xavfsizlik va boshqa muhim masalalar bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi.

“Bugungi kunda O‘zbekistonning bir nechta hududida atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha muhandislik qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda. Ana shunday tadqiqotlar Aydar-Arnasoy tizimiga kiruvchi Tuzkon ko‘li yaqinidagi hududda ham olib borilmoqda. Biz u yerda uchta maydonni o‘rganmoqdamiz. Shuningdek, Navoiy va Buxoro viloyatlari chegarasida joylashgan To‘dako‘l suv ombori yaqinida ham ikkita maydon ko‘zdan kechirilmoqda. Muhandislik qidiruv ishlari bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Bugungi kunga kelib, birinchi bosqichni yakunlash arafasidamiz. Yil davomida har bir maydon haqida ma’lumotlar jamlanib, yakuniy xulosaga kelinadi”, — deydi “O‘zatom” agentligi direktori o‘rinbosari Bahrom Mansurov.

2018-yil 7-sentabrda Rossiya federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirlari o‘rtasida O‘zbekistonda Rossiya loyihasi asosida atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha hukumatlararo bitim imzolangan. Loyihada VVER-1200 turdagi reaktorli ikkita energoblokni qurish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 13-oktabrda qabul qilingan PQ-3969 sonli qaroriga muvofiq imzolangan bitim kuchga kirdi.

O‘zbekistonda AESning birinchi energoblokini 2028-yilning oxirigacha ishga tushirish mo‘ljallangan.

Seminar o‘z ishini 6-fevral kuni yakunlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2019, 14:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют