» » Toshkent viloyati hokimi: Deputat Kusherboyevni sarson qilgan amaldorlar jazolanadi

Toshkent viloyati hokimi: Deputat Kusherboyevni sarson qilgan amaldorlar jazolanadi


O‘tgan haftada Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyevning Yangiyo‘l va Zangiota tumanlaridagi saylovchilar bilan uchrashuvi mahalliy hokimiyatning aybi bilan o‘tkazilmay qolgani haqida xabar berilgan edi.

O‘zAning yozishicha, Toshkent viloyati hokimi G‘ulomjon Ibragimov bugun, 4-fevral kuni o‘tkazilgan yig‘ilish davomida bu holatga e’tibor qaratgan. Viloyat hokimi ushbu holat haqida gapirar ekan, “Bir so‘z bilan aytganda, sharmandagarchilik bu”, degan.

“Oliy Majlis deputatiga, xalq vakiliga hurmatsizlik qilingani, tashkiliy yo‘nalishda xato-kamchilikka yo‘l qo‘ygani uchun bir qator rahbarlarga intizomiy jazo choralari belgilandi. Aniqlashtirilishicha, ikki tuman tashkiliy nazorat bo‘limi rahbarlariga xayfsan e’lon qilingan”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют