» » Vengriya Bosh vaziri migratsiyani terrorizmning “Troyan oti” deb nomladi

Vengriya Bosh vaziri migratsiyani terrorizmning “Troyan oti” deb nomladi


Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban migratsiyani terrozimning “Troyan oti” deb atab, ayni damda muhojirlarning kamaygan holati vaqtincha ekanligini aytdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“Migratsiya terrorizmning ‘Troyan oti’ hisoblanadi. Bizga ko‘chib kelayotgan odamlar bizning madaniyat va an’analarimizga binoan yashashni istamayapti”, — dedi Orban.

Bosh vazir, shuningdek, migratsiya masalasi unga sabab bo‘lgan holatlar yuzaga kelgan mamlakatlarda ushbu muammolar yechim topmagunicha hamda mazkur masala natijasida paydo bo‘luvchi xatarlar tan olinmaguncha saqlanib qolishini qayd etdi.

Vengriya bosh vaziri AQSh prezidenti Donald Tramp siyosati tarafdorlaridan biri bo‘lib, u muhojirlarga mamlakatga kirishiga to‘sqinlik qilish maqsadida Vengriyaning janubiy chegaralarida devor qurishni mo‘ljallamoqda.

Orban ko‘pchiligini musulmonlar tashkil etuvchi muhojirlar Yevropaning xristian diniga xos o‘zlik va madaniyatiga tahdid solishini ta’kidladi.

Опубликовано: admin (8-03-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют