» » Namangandagi uyda yuz bergan yong‘indan keyin 2 yoshli bolaning kuygan jasadi topildi

Namangandagi uyda yuz bergan yong‘indan keyin 2 yoshli bolaning kuygan jasadi topildi


2019-yilning 2-fevral kuni Namangan shahri “Majnuntol” MFY, Yangiobod 10-berk ko‘chasi, 30-uyda yashovchi fuqaro A.B.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar bermoqda.

Yong‘inni o‘chirish vaqtida uy egasining 2017-yilda tug‘ilgan nabirasi N.B.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. Yong‘inga 4 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan. Yong‘in natijasida uyning 40 kv.metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘indan uyning 80 kv.metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘inning taxminiy sababi — milliy sandal ichiga maishiy elektr jihozining qo‘yilishi va nazoratsiz qoldirilishi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют