» » Qozog‘istonda 12 yoshli qizning nomusiga tekkan O‘zbekiston fuqarosi 15 yilga hukm qilindi

Qozog‘istonda 12 yoshli qizning nomusiga tekkan O‘zbekiston fuqarosi 15 yilga hukm qilindi


Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati tumanlararo jinoyat sudi 12 yoshli qizning nomusiga tegishda ayblanayotgan 40 yoshli o‘zbekistonlik fuqaroga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqdi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

Tamerlan (sudlanuvchining ism-sharifi o‘zgartirilgan) bir necha yil avval rafiqasi va ikki farzandi bilan O‘zbekistondan Qozog‘istonga ko‘chib o‘tgan. U Aqto‘beda uyali aloqa telefonlarini ta’mirlash bilan shug‘ullangan. Biroq uning rafiqasi kasallikka chalinib qolgan va bolalarini olib, vataniga qaytgan. Tamerlan Qozog‘istonda yolg‘iz qolgan.

Keyinroq u shu viloyatda yashovchi ayol bilan tanishib qolgan va uning uyida tunab qola boshlagan. Ayolning birinchi turmushidan bolalari bo‘lgan. 2018-yilning avgust oyida ayolning 12 yoshli qizi buvisiga erkak uning nomusiga tekkanligini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng uni sudga berishgan.

Sudya qizning so‘zlarini tahlil qilib, ularda tuhmat alomatlari yo‘q degan xulosaga keldi va Tamerlanni 15 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Mahkum o‘z aybini tan olmadi va apellyatsiya berishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2019, 23:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют