» » AQShda yosh bola bexosdan homilador onasini otib qo‘ydi

AQShda yosh bola bexosdan homilador onasini otib qo‘ydi


AQShning Vashington shtati Sietl shahrida to‘rt yoshli bola uyidan o‘qlangan to‘pponcha topib olib, homilador onasining yuziga bilmasdan o‘q uzgan. Ayol tirik qolgan. Lekin og‘ir jarohat olgani sabab, kasalxonaga olib ketilgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qildi.

Voqea 2-fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat taxminan 5 larda sodir bo‘lgan. Bolaning otasi ham, onasi ham uyda bo‘lgan. Bola karavot tagidan o‘qlangan to‘pponchani topib olgan. Keyin onasiga qarata o‘q uzgan. Bu vaqtda otasi ham ayolning yonida bo‘lgan.

“To‘pponcha yashirib qo‘yilmagan. Shunchaki karavotning tagida yotgan bo‘lgan. Uning ustiga o‘qlangan ham edi”, — deydi politsiya xodimi Rayana Ebbota.

Ayol dastlab Harborvyu kasalxonasiga og‘ir ahvolda keltirilgan. Xabarga ko‘ra, hozirda ayolning ahvoli qoniqarli.

O‘tgan yili noyabr oyida Vashingtonda 1639-sonli tashabbus qabul qilingan edi. Unga ko‘ra, qurol egasi qurolni noto‘g‘ri saqlashda yoki yosh bolaning qo‘liga tushib qolganda jinoiy javobgarlikka tortiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2019, 05:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют