» » APL. “Liverpul” “Vest Hem”ni yuta olmadi (video)

APL. “Liverpul” “Vest Hem”ni yuta olmadi (video)


4-fevral, dushanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 25-turi doirasida so‘nggi uchrashuv nihoyasiga yetdi.

Unda musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” klubi safarda “Vest Hem” bilan jang qildi.

Bellashuvning 22-daqiqasida Sadio Mane Jeyms Milner uzatmasini golga aylatirgan bo‘lsa, oradan 6 daqiqa o‘tib Maykl Antonio Alisson Bekker darvozasini ishg‘ol qildi va hisobni tenglashtirdi (1:1).

O‘yin oxiriga qadar hisob o‘zgarmadi va jamoalar 1 ochkodan bo‘lishib oldi.

25-tur bahslaridan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

APL

25-tur bahslari

Gollar: 0:1 — 22 Mane, 1:1 — 28 Antonio.

“Vest Hem”: Fabyanski, Frederiks, Diop, Obinze Obonya, Kressuell, Reys, Nobl (Mba Obiang, 79), Antonio, Snodgrass, Anderson (Masuaku, 90), Ernandes (Kerroll, 79).

“Liverpul”: Bekker, Milner, Matip, Van Deyk, Robertson, Lallana (Shakiri, 69), Fabinyo, Keyta, Saloh, Firmino (Origi, 75), Mane.

Ogohlantirishlar: Matip (54), Ernandes (60).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2019, 06:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют