» » Rim papasi Abu-Dabida messa o‘tkazadi

Rim papasi Abu-Dabida messa o‘tkazadi


Rim papasi Abu-Dabida katoliklarning diniy tadbirini o‘tkazadi, deya xabar beradi “Exo Moskvi”.

Tadbirga chiptalar bir necha soat ichida tarqatilgan.

Fransisk papasining tadbiri Abu-Dabi stadionida bo‘lib o‘tadi. Tarixiy hodisa sababli mahalliy hukumat vakillari uning ishtirokchilariga dam olish kuni e’lon qilgan. Diniy tadbirga 135 ming dona chipta tarqatilgan.

Arab mamlakatida millionga yaqin katoliklar yashaydi. Rim papasi ularga alohida e’tibor qaratmoqchi.

Safar oldidan qilingan murojaatda katolik papa ushbu hodisa dinlar o‘rtasidagi munosabatlarda yangi tarxiy sahifa ochishini qayd etgan.

Abu-Dabida Rim papasining keng ko‘lamli tadbirlari rejalashtirilgan. Pontifik valiahd shahzoda va Musulmon oqsoqollari Kengashi raisi bilan uchrashadi.

Abu-Dabida Fransisk faxriy mehmonlar uchun qarorgohda to‘xtagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют