» » Tojikistonlik taniqli xonanda tug‘ilgan kuniga hamkasblarini taklif qilgani uchun 529 dollar jarima to‘laydi

Tojikistonlik taniqli xonanda tug‘ilgan kuniga hamkasblarini taklif qilgani uchun 529 dollar jarima to‘laydi


Tojikistonlik taniqli xonanda Feruza Hafizova tug‘ilgan kuniga bir nechta hamkasblarini taklif qilgani uchun sud tomonidan besh ming somoniy (529 dollar) jarimaga tortildi, deb xabar berdi “ASIA-Plus”.

Xonanda “Marosim, to‘y va tadbirlar o‘tkazishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunning 8-moddasini buzganlikda ayblangan.

Ushbu moddaga ko‘ra Tojikiston fuqarolari tug‘ilgan kunini faqat oila a’zolari davrasida, hamkasblari va xonandalarni taklif qilmasdan o‘tkazishi kerakligi belgilangan.

Xonandaning Instagram sahifasiga joylangan tug‘ilgan kun videosi sud tomonidan dalil sifatida foydalanilgan.

Tojikistonning “Marosim, to‘y va tadbirlar o‘tkazishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qonuni 2007-yil 8-iyun kuni qabul qilingan, 2017-yilning avgust oyida esa u yanada qat’iylashtirilgan.

Tojikiston hukumati ushbu qonun bilan dabdali to‘ylar va dafn marosimlaridagi ortiqcha xarajatlarga barham bermoqchi edi. Qonun tug‘ilgan kunlarni faqat oila a’zolari davrasida nishonlashni ko‘zda tutadi.

2017-yilning avgustida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon qonunni yanada qat’iylashtiradigan me’yorni kiritdi. Unga ko‘ra, qonun talablarini hukumat a’zolari va ularning farzandlari buzgan taqdirda mansabdorlar o‘z lavozimidan ozod etilishi belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют