» » Samarqandda avtobusni orqaga haydayotganda odam urib yuborgan haydovchi 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Samarqandda avtobusni orqaga haydayotganda odam urib yuborgan haydovchi 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida sudya Marat Ergashev raisligida avtobusda odam urib yuborib, piyodaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi Mansurbek Toyirovga nisbatan jinoyat ishni ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

2018-yilning 3-noyabr kuni soat taxminan 15:00 atrofida Qo‘shrabot tumanida yashovchi fuqaro Mansurbek Toyirov Isuzu transport vositasida Samarqand shahar Ibn Sino ko‘chasidagi avtobekatda avtobusni orqaga boshqarish vaqtida uning orqa tomonidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda 1954-yilda tug‘ilgan Rovza Akramovani urib yuboradi. Avtobusning o‘ng g‘ildiraklari ostida qolgan Rovza Akramova boshidan olgan tan jarohati natijasida voqea joyida vafot etgan.

Sud ishida sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohning ko‘rsatmalari atroflicha tinglandi. Xususan, sudlanuvchi Mansurbek Toyirov o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lib, marhuma Rovza Akramova yotganligini ko‘rib, unga yordam bermoqchi bo‘lib voqea joyiga tez yordam chaqirtirgan. Biroq Rovza Akramova avtohalokatdan so‘ng voqea joyida vafot etgan.

Sudlanuvchi Mansurbek Toyirov sud tergovida aybiga to‘liq iqrorlik bildirib ko‘rsatuv berdi. Uning aybi sud majlisida so‘ralgan jabrlanuvchi va guvohni ko‘rsatuvlari bilan to‘liq o‘z isbotini topdi.

Sud hukmiga ko‘ra, Mansurbek Toyirov O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismida (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sababchi bo‘lishi) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, u 3 yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют