» » DXX Chegara qo‘shinlari giyohvand moddalar va tovar moddiy boyliklarning katta partiyasini qo‘lga oldi

DXX Chegara qo‘shinlari giyohvand moddalar va tovar moddiy boyliklarning katta partiyasini qo‘lga oldi


O‘zbekiston davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari shu yilning yanvar oyi oxirlari va fevral oyi boshlarida giyohvand moddalar va tovar moddiy boyliklarning yirik partiyasini ushladi. Bu haqda DXX matbuot xizmati “Daryo” ga xabar berdi.

Olingan ma’lumotlardan ma’lum bo‘lishicha, 29-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi S.Xayitov Toshkent tumani Tutzor chegaraoldi aholi punktida chegarachilar tomonidan qo‘lga olingan. Uni ko‘zdan kechirish chog‘ida, umumiy og‘irligi taxminan 2 kilogramm 500 gramm bo‘lgan giyohvand moddalar (1 kilogramm 900 gramm marixuana va 600 gramm gashish) aniqlandi.

Shu kuni Namangan viloyatining Zarkent chegaraoldi aholi punktida Z.Ortiqov chegara naryadi tomonidan qo‘lga olindi. U o‘zining Mercedes avtomobilida belgilangan qoidalarni chetlab o‘tib, O‘zbekistonga davlat chegarasi orqali umumiy qiymati 172 million so‘m bo‘lgan 57 ta televizor va 2 ta elektr pechni olib kirgan.

Joriy yilning 1-fevral kuni Toshkent viloyatining Bekobod tumanida Tojikiston fuqarosi F.Xolmatov tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy ravishda olib o‘tishga urinish uchun qo‘lga olindi. U noqonuniy tarzda chegaradan umumiy qiymati 100 mln so‘m bo‘lgan tamaki mahsulotlarini (9,6 ming quti sigaret) olib o‘tishga harakat qilgan.

Ushbu holatlar yuzasidan qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi doirasida tegishli choralar ko‘rildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 36) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют