» » 5 yoshli Javohir oqqon kasalligiga chalingan. U barcha saxovatpesha insonlardan najot kutmoqda

5 yoshli Javohir oqqon kasalligiga chalingan. U barcha saxovatpesha insonlardan najot kutmoqda


Rahmat Yangiboyev va Sohibjamol Qurbonov asli Qoraqalpog‘istondan. Ular 5 yoshli o‘g‘li Javohirning kasalligi sabab hozirda Toshkent shahrida ijara uyda yashamoqda.

2017-yil 5-oktabrdan Javohirning sog‘lig‘i birdan yomonlashdi.

Bola holsizlik, ishtaha yo‘qligi va o‘ng oyoq bo‘g‘imi qattiq og‘rishi shikoyati bilan tuman poliklinikasida o‘n kun muddat davomida davolangan.

Biroq, o‘n kunlik davolanishidan so‘ng Javohirning ahvolida hech qanday ijobiy natija bo‘lmadi. Shundan so‘ng shahar shifoxonalarining birida chuqur qon tahlili o‘tkazildi va shu shifohonada qo‘rqinchli tashxis leykoz (oq qon) tashxisi qo‘yildi.

Darhol shifokorlar Javohirni Toshkentdagi Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish institutiga aniqroq tashxis uchun yo‘llanma bilan jo‘natishdi.

2017-yilning 19-oktabr kuni qo‘rqinchli tashxis poytaxtdagi Gematologiya markazida ham to‘la tasdiqlandi. Javohirga 63 foizli leykoz tashxisi qo‘yildi va uzoq muddatli davolanish boshlandi. Kelganida ko‘zlari ko‘rish qobiliyati ancha pasayib, oyoqlari ishib, yurolmay qoladi. Javohirbek dastlabki, o'n kunlik davolanish muolajalarini jonlantirish bo‘limida olgan.

“Farzandim 2017-yil 20-oktabrda o‘tkir leykoz(OML, M1-turi) tashxisi bilan Toshkent shahrida joylashgan Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish institutida kimyo terapiya davolash kurslarini o‘ta kuchli miqdorda olishni boshladi. U 6 oy davomida 5 ta asosiy kurs kimyo terapiyasini 2018-yil 27-aprelda tugatdi va shu kundan boshlab qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlovchi kurslari belgilandi”, — deydi onasi.

Hozirda Javohirning sog‘lig‘i yaxshilanmoqda. Shunga qaramay davolanishni to‘xtatmaslik zarur.

Ayni paytda oila Toshkentdagi Gematalogiya markazi yaqinidagi ijarada uyda oyiga 150 AQSh dollari miqdorida mablag‘ to‘lab yashab kelmoqda. Ijara haqqini ham o‘z vaqtida to‘lashga oilaning moddiy imkoniyati yetmay qolgan.

Imkon qadar Javohirning sog‘ayib ketishi uchun hissa qo‘shaylik!

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun:

Plastik karta orqali: (Click, Payme)

Onasi Sohibjamol Qurbonova nomiga ochilgan plastik karta

Xalqbanki: 8600 0609 5538 0291

Onasi Sohibjamol Qurbonova ning telefon raqami:

+99894 598 89 40



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют