» » Xitoyda pirotexnika sotiladigan do‘kon portlashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Xitoyda pirotexnika sotiladigan do‘kon portlashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi


5-fevral kuni Xitoyning janubi-g‘arbiy qismida pirotexnika sotiladigan do‘kon portlashi oqibatida sodir bo‘lgan yong‘inda besh kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi “TASS”.

Hodisa Jun’an uyezdida Xitoyda oy taqvimi bo‘yicha Yangi yil bayrami nishonlanuvchi 4-fevraldan 5-fevralga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan.

Pirotexnika sotiladigan do‘konlardan birida sodir bo‘lgan portlash yong‘inga olib kelgan va 290 kvadrat metr maydon yonib ketgan.

O‘t o‘chiruvchilar tonggi uchgacha yong‘inni o‘chirishga harakat qilgan.

Yong‘in sodir bo‘lgan do‘kon va uning atrofida yonib ketgan qo‘shni binolardan besh kishining jasadi topilgan.

Dastlabki tekshiruvlar natijasida aniqlanishicha, do‘kon pirotexnika vositalari sotish uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan. Portlash esa do‘kon oldida petarda ishlatishda yong‘in xavfsizligi qoidasiga rioya etilmaganligi oqibatida sodir bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют