» » Husnutdin Hasilov “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Husnutdin Hasilov “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi


Hukumat qarori bilan Husnutdin Hasilovga “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajarish yuklandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Husnutdin Hasilov shu paytgacha jamiyat bosh menejeri — bosh muhandis vazifasida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Ochilboy Ramatov Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — Transport vaziri etib tayinlangan.

Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Bosh vazir, Bosh vazir o‘rinbosarlari va Bosh vazir maslahatchilari tomonidan xo‘jalik jamiyatlari va kompaniyalar, shuningdek, davlat ulushiga ega bo‘lgan boshqa tashkilotlar faoliyati ustidan bir vaqtning o‘zida rahbarlik qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют