» » Murodjon Ahmadaliyev jahon chempionligi uchun ringga ko‘tariladi

Murodjon Ahmadaliyev jahon chempionligi uchun ringga ko‘tariladi


Professional boksda birinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasidagi o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev (5 ta g‘alaba, 4 ta nokaut) WBA jahon chempionligi uchun ringga chiqishi mumkin. Bu haqda GoSport manbalari xabar berdi.

Manbada yozilishicha, Murodjon Ahmadaliyev va mazkur yo‘nalish bo‘yicha chempion, amerikalik Daniel Roman (26 ta g‘alaba, 2 ta durang, 1 ta mag‘lubiyat) promouterlari jangni tashkil qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

“Roman bilan bo‘lajak jang muzokaralari qanday tus oladi, hozircha biror narsa deya olmayman. Masalan Roman jangni boshqa muddatga kechiktirish uchun, boshqa jangni tanlashi mumkin, yoki boshqa yo‘nalish chempionlari bilan kamarlarni birlashtiruvchi jang o‘tkazishni istab qolishi mumkin.

Ammo, biz aynan mana shu yilda Murodjon chempionlik jangi uchun ringga chiqishiga umid qilmoqdamiz. Muzokaralar davom etyapti. Ma’lum sabablar bilan bu jang kechikishi mumkin. Lekin, eng asosiy maqsadimiz — shu yil Murodjonning chempionlik uchun jang qilishi”, — deydi “Mir boksa” promouterlik kompaniyasi menejeri Vadim Kornilov.

Eslatib o‘tamiz, Murodjon Ahmadaliyev WBA Intercontinental chempionlik kamari sohibi sanaladi. U so‘nggi marta 2018-yil 24-noyabr sanasida Ayzek Sarateni (16 ta g‘alaba, 4 ta durang, 3 ta mag‘lubiyat) 9-raundda texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi. Shu jangdan so‘ng u reytingda birinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют