» » O‘zbekiston kartoshkani Pokistondan sotib olayotgani uchun Qirg‘iziston zarar ko‘rdi

O‘zbekiston kartoshkani Pokistondan sotib olayotgani uchun Qirg‘iziston zarar ko‘rdi


Issiqko‘l viloyatidagi dehqonlar kartoshka mahsuloti ko‘pligi tufayli uning narxi arzonlashganidan zarar ko‘rmoqda, deb xabar berdi Knews.

Ularning fikricha, bunga Qirg‘iziston kartoshkalarini sotib olishdan voz kechgan O‘zbekiston sababchi.

Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston katta miqdorda kartoshka sotib olishi va uni import qilib olishga tayyor 17 ta kompaniyalar ro‘yxatini keltirganini ma’lum qilgan. Bunga ishongan issiqko‘llik dehqonlar ko‘p miqdorda kartoshka ekkan. Biroq, O‘zbekiston ularni sotib olishdan voz kechganligi uchun endi zarar ko‘rmoqda.

Xabarda aytilishicha, shu asosda o‘tgan yilning noyabr oyida Issiqko‘l viloyati va “Namangan Universal Savdo Invest” xususiy tadbirkorlar o‘rtasida ikki ming tonna kartoshka yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzilgan. Bugungi kunda Qirg‘izistondan O‘zbekistonga 66 tonna kartoshka keltirilgan.

O‘zbekiston rasmiylari esa Qirg‘iziston bilan kartoshka yetkazib berish bo‘yicha hech qanday shartnoma tuzmaganini, Qirg‘iziston shunday taklif bildirgan, lekin ularda kartoshka narxi qimmatligi sababli tadbirkorlar Pokistondan arzonroq narxda sotib olishni yo‘lga qo‘yganini aytgan.

Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi bu vaziyatga hech qanday izoh bermagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют