» » O‘zbekistonda bahorda “Shum bola – 2019” xalqaro bolalar kinofestivali o‘tkaziladi

O‘zbekistonda bahorda “Shum bola – 2019” xalqaro bolalar kinofestivali o‘tkaziladi


“O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Germaniya Respublikasi Gyote institutining O‘zbekistondagi filiali rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Unda “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirov va Gyote institutining O‘zbekistondagi filiali rahbari Yan Helfer doimiy hamkorlik yuzasidan muzokaralar olib bordi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad, o‘zbek va nemis madaniy aloqalarini yanada mustahkamlash va har yili an’anaviy tarzda bo‘lib o‘tadigan “Shum bola – 2019” xalqaro bolalar kinofestivalini munosib o‘tkazishdir.

Tadbir so‘ngida “Shum bola – 2019” xalqaro bolalar kinofestivalini aprel oyida nishonlash rejalashtirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют