» » O‘zbekistonda onlayn auksion orqali avtomobil raqamlari sotuvi kamaydi

O‘zbekistonda onlayn auksion orqali avtomobil raqamlari sotuvi kamaydi


28-yanvardan 3-fevralgacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali sotilgan avtomobil raqamlari soni 815 dan 442 taga kamaydi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlariga tayanib, Spot xabar berdi.

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi deyarli 1,5 milliard so‘mni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning qariyb 20% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 52% ikkinchi va 48% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent hamda Samarqand viloyatlari avto havaskorlari egalladi va har birining tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 16% ga teng. Ikkinchi o‘rinda Farg‘ona viloyatining avto havaskorlari 11% ulush bilan joylashdi.

Keyingi o‘rin Buxoro viloyatining avto havaskorlariga tegishli bo‘lib, ulushi 9% ni tashkil qildi. Qolgan hududlarning ulushi 48% ga teng.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют