» » Olimlar taksilarning eng xavfli rangini aniqladi

Olimlar taksilarning eng xavfli rangini aniqladi


Singapurlik, amerikalik va xitoylik olimlar taksilarning eng xavfli rangini aniqladi. Bu haqdagi tegishli tadqiqot natijalari Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida e’lon qilindi.

Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, har 1 000 ta avtomobildan ko‘k ranglilari sariq rangli transport vositalariga nisbatan 6,1 tasi (yoki 9 foizi) yo‘l-transport hodisasiga ko‘proq uchraydi.

Olimlar buni ko‘k mashinalarning sariq avtoulovlarga nisbatan kamroq ko‘zga tashlanishi bilan bog‘lamoqda.

Tadqiqotchilar 3 yil davomida har oy Singapurdagi yirik taksi tarmog‘ining yo‘l-transport hodisasiga uchrash statistikasini tahlil qilganidan keyin shunday xulosaga keldi.

Olimlarning qayd etishicha, ularning tadqiqoti avtomobil rangini tanlash muhim ekanini ko‘rsatib, baxtsiz hodisalar sonini va ta’mirlash xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-03-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют