» » Mehnat vazirligi vakillari Polshada O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan ta’minlash va huquqlarini himoyalash masalalarini muhokama qildi

Mehnat vazirligi vakillari Polshada O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan ta’minlash va huquqlarini himoyalash masalalarini muhokama qildi


O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Polshaning Tradma, HR Agensia, El-in, JP Construst kompaniyalari vakillari Varshavadagi O‘zbekiston elchixonasida hamkorlikning kelgusi istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Lodz va Lyublin viloyatlari gubernatorlari bilan ham taqdimot uchrashuvlari o‘tkazdi. Ushbu viloyatlarning birinchisi to‘qimachilik, ikkinchisi esa agrar sohada Polshaning yetakchi hududlari hisoblanadi. Mehnat vazirligining Tashqi migratsiya masalalari agentligi boshlig‘i o‘rinbosari X.Asamov uchrashuvlar davomida mezbonlarni O‘zbekistonning ta’lim va ixtisoslashtirilgan kadrlar tayyorlash tizimi bilan tanishtirdi.

Viloyatlar gubernatorlari A.Baginskiy va P.Charnek qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati sohalarida malakali kadrlar tanqisligi mavjud ekanligini qayd etib, bu yo‘nalishda hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdi. Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarining yangi ish joylarida faoliyatlarini boshlashlari uchun bu jarayonni tezlashtirish va soddalashtirishga ko‘mak berishlarini ma’lum qildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Lyublin biznes klubi tadbirkorlari va Tradma kadrlar agentligi direktori bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda samarali hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldi.

Polsha vakillari kelgusida malakali kadrlarini ishga qabul qilish bilan cheklanmay, O‘zbekiston bozoriga investitsiya jalb qilish maqsadida mahalliy yetakchi kompaniyalarni jalb qilishlarini bildirdi.

Polshada mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish muzokaralarning  asosiy mavzusi bo‘ldi.

Опубликовано: admin (8-03-2017, 11:28)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют