» » O‘zbekistonning 16 ta xorijiy davlatdagi elchixonasi vakillari Namanganga keldi

O‘zbekistonning 16 ta xorijiy davlatdagi elchixonasi vakillari Namanganga keldi


O‘zbekistonning 16 ta xorijiy davlatdagi elchixonasi vakillari Namanganga keldi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Viloyat hokimligida mamlakatning Singapur, Avstriya, Ummon, Pokiston, Hindiston, Belgiya, Misr, Ozarbayjon, Rossiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Kuvayt, Turkiya, Eron, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchilari, ularning savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchilari, shahar va tuman hokimlari, ularning tegishli o‘rinbosarlari, qator korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘ldi.

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alisher Abdualiyev, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etgan yig‘ilishda viloyatdagi investitsion muhit va imkoniyatlar, xorijiy investorlarni jalb etish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Diplomatik missiyalar vakillari bir necha kun davomida viloyatning barcha shahar va tumanlarida ish olib boradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2019, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют