» » Toshkent viloyatida zargarlik buyumlarini oyoq kiyimi ichida olib kirishga uringan shaxslar ushlandi

Toshkent viloyatida zargarlik buyumlarini oyoq kiyimi ichida olib kirishga uringan shaxslar ushlandi


Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti tomonidan zargarlik buyumlarini bojxona to‘lovlarisiz O‘zbekistonga noqonuniy olib kirishga urinish holatlari aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmatining ma’lumotiga tayanib, O‘zA xabar bermoqda.

Fuqaro T.N. xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, uning qo‘l yuklari orasida va etigi ichiga yashirilgan, og‘zaki so‘rovda taqdim etilmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan qiymati 7 million 560 ming so‘mlik, jami og‘irligi 252 gramm bo‘lgan 39 dona oq rangli metalldan yasalgan zargarlik buyumini mamlakatga yashirincha olib kelayotganida to‘xtatib qolindi.

Fuqaro U.A. esa bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, jami og‘irligi 335 gramm bo‘lgan, oq metalldan yasalgan umumiy qiymati 10 million 50 ming so‘mlik ya’ni, 45 dona zargarlik buyumini bojxona nazoratidan yashirgani aniqlandi.

Yana bir holatda, bojxonachilar e’tiborini tortgan fuqaro M.G. xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, oyog‘idagi qora rangli tuflisining ichki tovon qismiga 2 dona sellofan paketda qiymati 21 million so‘mlik, og‘irligi 70 gramm bo‘lgan 17 dona sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumini qo‘shni mamlakatdan yashirib olib kirayotganligi fosh qilindi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют