» » Adliya vazirligi “Ochiq adliya” dasturi loyihasini ishlab chiqdi

Adliya vazirligi “Ochiq adliya” dasturi loyihasini ishlab chiqdi


Adliya vazirligi “Ochiq adliya” (Open Justice) dasturi loyihasini ishlab chiqdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Vazirlik veb-saytida joylashtirilib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan mazkur dastur orqali vazirlik faoliyati haqida keng jamoatchilikka muhim bo‘lgan axborotlar berish ko‘zda tutilgan. Aholining huquqiy ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan loyihani amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ham ishlab chiqilgan.

Reja to‘rt yo‘nalishdan iborat bo‘lib, unda amalga oshiriladigan tadbirlar, ijro etilish muddatlari hamda ijro uchun mas’ullar shuningdek, kutilayotgan natija qamrab olingan.

Jamoatchilik fikrini o‘rganish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, huquq ijodkorligi, shuningdek, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, vazirlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, kadrlar zaxirasini shakllantirish, vazirlikka yuklatilgan boshqa vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkillashtirishda shaffoflikni ta’minlash shular jumlasidandir.

Jamoatchilik fikrini o‘rganish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishi bo‘yicha bir yilda kamida ikki marotaba Adliya vazirligi markaziy apparatida, Davlat xizmatlari agentligida (markazlarda), adliya organlari va muassasalarida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Bu tadbirlarni amalga oshirilishidan aholini adliya organlari va muassasalari faoliyati bilan bevosita tanishtirish imkoniyatini yaratish, shuningdek, fuqarolar Adliya vazirligining davlat boshqaruvi tizimidagi o‘rni va roli bilan tanishib borishini yo‘lga qo‘yish kabi natijalar kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют