» » Sirdaryodagi xonadonda 475 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan mahsulotlar aniqlandi

Sirdaryodagi xonadonda 475 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan mahsulotlar aniqlandi


Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari Toshkent va Sirdaryo viloyatlari bojxonachilari bilan hamkorlikda Sirdaryoda tezkor tadbir o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo”ga qo‘mita axborot xizmati ma’lum qildi.

Tadbir davomida fuqaro M.M.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirildi. Natijada ushbu xonadonda tashkil qilgan o‘rada sifati kafolatlanmagan mahsulotlar — 3984 dona dori va tibbiyot vositalari, 28 ming dona spirtli ichimlik aksiz markalari, shuningdek, parfyumeriya, energetik ichimliklar hamda rangli metall parchalari borligi aniqlandi. Ularning umumiy bahosi 475,8 million so‘mni tashkil qildi.

Ayni paytda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2019, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют