» » Apple kapitalizatsiya bo‘yicha Microsoft’ni ortda qoldirdi

Apple kapitalizatsiya bo‘yicha Microsoft’ni ortda qoldirdi


Apple kompaniyasi kapitalizatsiya bo‘yicha Microsoft va Amazon’ni ortda qoldirib, qisqa vaqtga Amerika birjasida eng qimmat kompaniyaga aylandi, deya xabar beradi “Kommersant”.

Apple kapitalizatsiyasi bir necha soniya davomida 806,6 milliard AQSh dollarni tashkil qilib, Microsoft’dan 200 million AQSh dollar, Amazon’dan 1,2 milliard AQSh dollarga oshdi.

Microsoft tez fursatda eng qimmat kompaniyalarning birinchi o‘rniga qaytgan, Apple savdo sessiyasini Amazon’dan yuqori ikkinchi pog‘onada yakunlashi kerak edi.

2-yanvar kuni Apple 16 yilda ilk bor daromadlari tushishini prognoz qilgan. Rejalashtirilgan 89-93 milliard AQSh dollar o‘rniga so‘nggi uch oyda kompaniya 84 milliard AQSh dollar daromad olgan.

Mazkur xabar Apple aksiyalarining bozordagi bahosi tushishiga olib kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют