» » Braziliyada damba o‘pirilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 140 nafarga yetdi

Braziliyada damba o‘pirilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 140 nafarga yetdi


Braziliya janubi-sharqidagi metallurgiya sanoati chiqindilari oqiziladigan damba o‘pirilishi qurbonlari soni 142 kishiga yetdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

122 nafar qurbonlarning shaxsi aniqlangan. Bedarak yo‘qolganlar soni 194 kishini tashkil etmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, favqulodda vaziyat oqibatida ko‘plab odamlar halok bo‘lishi, damba o‘pirilishi vaqtida ogohlantirish tizimi ishlamay qolganligi bilan izohlangan.

31-yanvar kuni prezident Vale Fabiu Shvartsmanning ma’lum qilishicha, loyqa suv oqimi shunday tezlik bilan tarqalganki, bir necha daqiqada ushbu qurilmani ishdan chiqargan.

Eslatib o‘tamiz, metallurgiya sanoati chiqindilaridan iborat suvni ushlab turgan to‘g‘on Brumadinyu munitsipalitetida 25-yanvar kuni yorilgan. Yaqin atrofda joylashgan uylardagi aholi evakuatsiya qilingan, bir necha uylar chiqindi suv oqimi oqibatida vayron bo‘lgan.

Mavzuga doir: Braziliyada damba o‘pirilishi oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi

Mavzuga doir: Braziliyada damba o‘pirilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 65 kishiga yetdi

Mavzuga doir: Braziliyada damba o‘pirilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 84 nafarga yetdi

Mavzuga doir: Braziliyada damba o‘pirilishi videosi paydo bo‘ldi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют