» » “El-Klasiko”: “Barselona” bugun Ispaniya Kubogi 1/2 finalida “Real Madrid”ni mehmon qiladi

“El-Klasiko”: “Barselona” bugun Ispaniya Kubogi 1/2 finalida “Real Madrid”ni mehmon qiladi


6—7-fevral kunlari futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogining 1/2 final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

6-fevral, chorshanba kuni musobaqa yarim finalining dastlabki uchrashuvida ikki azaliy raqib — Ernesto Valverde qo‘l ostidagi “Barselona” klubi o‘z maydonida Santyago Solari boshliq “Real Madrid” jamoasi bilan final yo‘llanmasi uchun kurashga kirishadi.

Bellashuv Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da boshlanadi. O‘yinni Rossiyaning “Match-TV” telekanali jonli efirda namoyish etadi.

Ma’lumot uchun, Kataloniya klubi 1/4 final bosqichida “Sevilya”ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra yirik 6:3 hisobida mag‘lub etgandi. “Qirollik klubi” esa “Jirona” ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi (7:3).

Ispaniya Kubogi

1/2 final bahslari

6-fevral, chorshanba

7-fevral, payshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют