» » “Real Madrid” “El-Klasiko” uchun qaydnomani e’lon qildi

“Real Madrid” “El-Klasiko” uchun qaydnomani e’lon qildi


“Real Madrid” Ispaniya Kubogining 1/2 final bosqichi dastlabki o‘yinida “Barselona” mehmoni bo‘ladi. “Qirollik klubi” ham mazkur bahs uchun o‘yin qaydnomasini e’lon qildi.

Madrid klubi yarim himoyachisi Toni Kroos jarohatidan tuzalib, yana safga qaytdi.

Eslatib o‘tamiz, germaniyalik futbolchi La Liganing 22-turi doirasida “Alaves”ga qarshi o‘yinda maydonga tushmagandi (3:0).

Himoyachilar Daniel Karvaxal va Rafael Varan diskvalifikatsiya qilingani uchun “Alaves”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborgandi. Ular ham qaydnomaga kiritilgan.

“Real” himoyachisi Xesus Valyexo jarohati sababli “El-Klasiko”ni o‘tkazib yuboradi.

“Barselona” qaydnomasi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin. QAYDNOMA

“Real Madrid” qaydnomasi:

Darvozabon: Keylor Navas, Tibo Kurtua, Diyego Altube.

Himoyachilar: Daniel Karvaxal, Serxio Ramos, Rafael Varan, Nacho, Marselo, Serxio Regilon.

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Markos Lyorente, Marko Asensio, Isko, Dani Sebalyos.

Hujumchilar: Mariano Dias, Karim Benzema, Garet Beyl, Lukas Vaskes, Vinisius Junior.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют