» » Arsenal Bavariya 1:5. Ozgarishga yuz tutayotgan tarix. Venger boshqaruvidagi issiqqina antirekordlar

Arsenal Bavariya 1:5. Ozgarishga yuz tutayotgan tarix. Venger boshqaruvidagi issiqqina antirekordlar


Londonning Arsenal klubi Chempionlar ligasi nimchorak finalining ilk uchrashuvini 1:5 hisobida boy bergach, topchilarning keyingi bosqichga yol olishiga kopchilik ishonmayotgandi. Biroq takroriy oyinda ham shu hisobning qayd etilishi haqiqiy kutilmagan hol boldi.

Arsenalning yevrokuboklardagi eng yirik uy maglubiyati 1982-yilda qayd etilgan bolib, londonliklar Spartakdan 2:5 hisobida yengilgandi. 2017-yilga kelib esa klub eng yirik maglubiyatini tarixga yozdi 1:5.

Angliya klublarining yevrokuboklar pley-offidagi eng yomon natijasi ham endi Arsenalga tegishli. 1960-yil Vulverhempton ikki oyin natijasiga kora Barselonadan 2:9 hisobida yengilgandi. 2017-yilga kelib esa Arsenal umumiy hisobda 2:10 natijasini qayd etdi.

Arsenal chetlatishlar soni boyicha Chempionlar ligasining ikkinchi raqamli jamoasiga aylanib oldi. Shu kunga qadar Arsenal va Bavariyaning 17 nafar azosi maydondan chetlatilgandi. Londonliklar bu borada raqibdan ozib ketdi. Eng kop bor Yuventus futbolchilari qizil kartochka ishlab olgan 22 marta.

1:5 bu songgi 20 yillikdagi eng yirik uy maglubiyati boldi Arsenal uchun. 1998-yil Angliya kubogida topchilar mehmoni bolgan Chelsi 5:0 hisobida zafar quchgandi. Bu safar esa Bavariya 20 yillik yarani tirnab otdi.

Arsenal ketma-ket yettinchi bor 1/8 finaldan uchib ketdi. Songgi bor klub 2010-yilgi mavsumda chorak final chiptasini qolga kiritgandi.

Uchrashuv davomida Arsenal muxlislari klubning asosiy aktsioneri hisoblangan Sten Kronkening ketishini istab banner kotardi. Bizning klubdan yoqol va kozimizga korinma, Sten Kronke, deb yozilgandi bannerdagi yozuvda.

Bavariya fanatlari esa Londondagi chipta narxidan nolib banner kotardi. London 64 funt. Myunxen 59+1 yevro. Pastkashlik chegara bilmaydi, degan yozuvni korish mumkin edi. Yana birida esa Futbol muxlislarsiz bir pens ham turmaydi deb qoyilgandi.

Bavariya Londonga tashrifidan keyin turli musobaqalardagi maglubiyatsiz seriyasini 17 ta oyinga yetkazib oldi. Klub shularning 15 tasida galaba qozonishning uddasidan chiqa olgandi.

Gol urish borasida esa Bavariya 18 talik korsatkichga yetib keldi. Klub songgi bor otgan yilning 19-noyabr kuni Borussiya Dortmund darvozasiga yol topa olmay, 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Keyingi 18 ta uchrashuvda esa gol ura oldi.

Arsenal darvozasiga gol urgan Aryen Robben gollandiyalik futbolchilarning Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyati borasida ikkinchilardan bolib oldi. Uning kabi Patrik Klyuvert hamda Roy Makay ham mazkur turnirda 29 tadan gol urgan. Yaqqol peshqadam bu borada Ruud van Nisterloy 56 ta gol.

: admin (8-03-2017, 12:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -