» » Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi bir oyda 7 nafar shaxsni sud zalidan ozod qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi bir oyda 7 nafar shaxsni sud zalidan ozod qildi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi tomonidan 2019-yilning yanvar oyi davomida jinoyat ishlari bo‘yicha qamoqda bo‘lgan 7 nafar shaxs sud zalida hibsdan ozod etildi. Bu haqda “Daryo” muhbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Shuningdek, ozodlikdan mahrum qilish joylarida jazo muddatini o‘tayotgan o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan, muassasa rahbariyati tomonidan ijobiy tavsiflangan 5 nafar mahkum o‘talmagan jazo muddatidan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilingan.

— Jazo muddatini o‘tayotgan 10 nafar mahkumning o‘talmay qolgan jazo muddatlari Jinoyat Kodeksining 74-moddasiga asosan boshqa yengilroq turdagi jazoga almashtirilib, qamoqdan ozod qilindi, — deydi Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining raisi Jahongir G‘aybullayev. — Bundan tashqari, ko‘rsatilgan davrda jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi tomonidan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni o‘tayotgan o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan 53 nafar mahkum Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.

Ma’lumot uchun O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 73-moddasida jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish belgilangan bo‘lib, ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo‘natish, xizmat bo‘yicha cheklash, ozodlikni cheklash yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarga nisbatan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish qo‘llanilishi mumkin. Shaxs ijro etilmagan qo‘shimcha jazodan ham ozod qilinishi mumkin.

74-moddada ozodlikdan mahrum etilgan, ozodligi cheklangan yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarga nisbatan sud jazoning o‘talmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 75) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют