» » Ramos bu mavsum yevrokuboklarda Krishtianudan ko‘proq gol urdi. Biroq “Real” himoyasi og‘ir ahvolda

Ramos bu mavsum yevrokuboklarda Krishtianudan ko‘proq gol urdi. Biroq “Real” himoyasi og‘ir ahvolda


“Real” muvaffaqiyatlariga katta hissa qo‘shayotgan Serxio Ramos o‘zining 30 yoshida faoliyatidagi eng yaxshi mavsumni o‘tkazmoqda.

U shu kunga qadar bitta mavsumda 10 ta gol urishning uddasidan chiqa olmagandi. Joriy mavsumda esa turli musobaqalar doirasida maydonga tushib, “Real” uchun 10 ta gol urishga erishdi.

“Qirollik klubi” uchun Ramos urgan gollar soni endi 68 taga yetdi va bu borada u Roberto Karlosni ortda qoldirdi. Biroq himoyachilar orasidagi ikkinchi o‘rindan peshqadamga aylanish oson bo‘lmaydi. Chunki Fernando Yerroda 127 talik ko‘rsatkich bor.

Serxio Ramos yevrokuboklarning shu mavsumida Krishtianu Ronaldudan ko‘proq gol urgani e’tiborga molik. U turnirda ikki bor muvaffaqiyat qozondi, shuningdek, Yevropa Superkubogida ham gol urgandi. Krishtianu Ronalduda esa joriy mavsum bu ko‘rsatkich 2 ta aniq zarba bo‘lib turibdi.

Ramos muvaffaqiyatga erishayotgani bilan “Real” himoyasining ahvoli o‘tgan yildagidan yomonlashganini ko‘rish mumkin. Bir yil avval “Real” Chempionlar ligasidagi 13 ta uchrashuvida 6 ta gol o‘tkazib yuborgandi.

Bu yilgi 8 ta o‘yinida esa 12 ta gol o‘tkazib ulgurdi. Turnir yakunlanmay turib, o‘tgan yilgi ko‘rsatkich ikki barobar yomonlashib ketgani Zidan himoyasida muammolar bor ekanini ko‘rsatadi.

Опубликовано: admin (8-03-2017, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют