» » Endi O‘zbekistonda sudning hal qiluv qarorlari internetga joylashtiriladi

Endi O‘zbekistonda sudning hal qiluv qarorlari internetga joylashtiriladi


2019-yil 6-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalari ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga binoan, iqtisodiy ishlar bo‘yicha sud muhokamalarida oshkoralikni ta’minlash maqsadida Iqtisodiy protsessual kodeksiga sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlarini (yopiq sud majlislarida chiqarilgan hal qiluv qarorlari bundan mustasno) taraflarning roziligi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi shartligiga doir normalar kiritilmoqda.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda sud muhokamalarida oshkoralik uni videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish, onlayn tarzida ham uzatish hamda audio yoki videoyozuvga olish yo‘li bilan ta’minlanmoqda. Sud muhokamalarida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlashdagi keyingi qadam esa, sudning hal qiluv qarorlarini internet tarmog‘ida, shu jumladan, Oliy sudning rasmiy veb-saytida e’lon qilish hisoblanadi.

Shuningdek, mazkur qonun loyihasi Iqtisodiy protsessual kodeksiga iqtisodiy sudlar tomonidan da’vo summasi kam miqdorda bo‘lgan nizolarni soddalashtirilgan tartibda ko‘rish to‘g‘risidagi normalar kiritishni ham nazarda tutadi.

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi tomonidan qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash davomida loyihaning taklif etilgan nomi o‘zgartirildi, 4 ta yangi norma kiritildi, 3 ta norma chiqarib tashlandi. Muhokamalar davomida loyihaning deyarli barcha normasi tahririy tuzatildi.

Majlisda, shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют