» » AQSh Yevroittifoqni Huawei bilan hamkorlik qilmaslikka chaqirdi

AQSh Yevroittifoqni Huawei bilan hamkorlik qilmaslikka chaqirdi


AQSh Davlat departamenti vakili Bryusselda yevropalik hamkasblari bilan uchrashuvda Yevroittifoq davlatlarini beshinchi avlod (5G) mobil aloqa tizimlarini joriy etishda Xitoyning Huawei kompaniyasi qurilmalarini xarid qilishdan tiyilishga chaqirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

“Sizlarni Huawei bilan aloqalardan o‘ta ehtiyot bo‘lishga chaqiramiz. Xitoy kabi davlatlardagi ishonchli bo‘lmagan yetkazib beruvchilar bilan shartnomalarni imzolashga shoshilmaslik lozim”, — ta’kidlagan Davlat departamenti vakili.

Mansabdor AQSh rasmiy shaxslari Xitoy kompaniyasi qurilmalarining xavfli ekanligini muhokama etish uchun Yevroittifoq mamlakatlariga borish niyatida ekanligini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют