» » “Sport-TV” “Dinamo” — “Sho‘rtan” o‘yinini “Barselona” — “PSJ” bilan deyarli bir vaqtda ko‘rsatadi

“Sport-TV” “Dinamo” — “Sho‘rtan” o‘yinini “Barselona” — “PSJ” bilan deyarli bir vaqtda ko‘rsatadi


Bugun — 8-mart kuni O‘zbekiston Oliy ligasida 2-tur bellashuvlari start olib, uning doirasida 3 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

MTRKning “Sport” telekanali ayollar bayramida bo‘lib o‘tadigan uch uchrashuvdan ikkitasini ko‘rsatishga qaror qildi. 16:00 dan boshlab telekanal e’tiborini “Lokomotiv” hamda “So‘g‘diyona” klublari ishtirokidagi o‘yinga qaratib, uni jonli efirda namoyish qiladi.

Avvalroq “Lokomotiv” ayollar uchun bir qator sovg‘alar tayyorlab qo‘ygani haqida aytib, ularni stadionga bepul kiritishga va’da bergandi.

Samarqandda bo‘lib o‘tadigan “Dinamo” — “Sho‘rtan” uchrashuvi ham 16:00 da start oladi. Shu boisdan “Sport-TV” mazkur o‘yinni kechki vaqtda yozib olingan holda namoyish qiladi va 00:05 dan boshlab muxlislarga taqdim etadi.

Ma’lumot uchun, Samarqanddagi o‘yinning birinchi bo‘limi tugamay turib, UzReport “Barselona” — “PSJ” translyatsiyasini boshlaydi. Avvalroq Samarqanddagi stadionga ham nozik jins vakillari bepul kiritilishi aytib o‘tilgandi.

2-turni bugun “Neftchi” — “Paxtakor” o‘yini boshlab beradi. Uchrashuv 15:00 ga tayin qilingan.

Опубликовано: admin (8-03-2017, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют