» » O‘zbekistonning yana bir milliy sport turi Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritilishi mumkin

O‘zbekistonning yana bir milliy sport turi Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritilishi mumkin


O‘zbek milliy sport turlaridan biri — belbog‘li kurash sport turi Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritilishi mumkin. Bu haqda GoSport xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston 2030-yilgi Osiyo o‘yinlari mezbonligi uchun ariza topshiradi. Aynan o‘sha musobaqada O‘zbekiston musobaqa uchun bir necha yangi sport turlarini taklif sifatida kiritadi.

Shunda, belbog‘li kurash 2030-yilgi Osiyo o‘yinlarida rasmiy sport turi sifatida qayd qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilgi Osiyo o‘yinlarida o‘zbek kurashi ilk marta rasmiy sport turi sifatida qayd etildi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют