» » Olimlar Portugaliyada topilgan kapalakka 22 yil davomida nom izladi

Olimlar Portugaliyada topilgan kapalakka 22 yil davomida nom izladi


Olimlar noyob portugaliya kapalagining qaysi turga tegishli ekanligini aniqlash uchun 22 yil sarfladi. Tur Ekboarmia miniaria nomini oldi. Bu haqda Nota Lepidopterologica nashriga asoslanib, “Gazeta.ru” ma’lum qildi.

Birinchi kapalak 1995-yilda Lissabon shahri janubida topilgan edi. O‘shanda olimlar kapalakda Yevropadagi kapalak turlariga o‘xshash jihatlarni topa olmagan va natijada kapalakni biror turga kiritish imkoni bo‘lmagan. 2009-yilda yana uchta kapalak ushlangan. Birinchi kapalak erkak jinsiga, qolganlari esa ayol jinsiga mansub bo‘lgan. Kapalaklar qanotidagi naqshlarning farqi jinsiy dimorfizm haqida ma’lumot berib, ularning jinsini aniqlashga imkon bergan, 2015-yilda tadqiqotchilar kapalaklar DNKsini o‘rganib chiqib, ularning Ekboarmia turiga kirishini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.

Tutilgan kapalaklar sonining kamligi tadqiqotlarga qo‘shimcha qiyinchilik tug‘dirdi. Olimlar hammasi bo‘lib shu turdagi 11 ta kapalak topishga muvaffaq bo‘ldi. Olimlar keyingi tadqiqotlar kapalakning kelib chiqishi va hayot tarzi haqida ko‘proq ma’lumot olishga imkon beradi, deb hisoblamoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-03-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют