» » Samarqandda 60 ming so‘mga fohishaxona tashkil qilgan ayolning ozodligi 1,5 yilga cheklandi

Samarqandda 60 ming so‘mga fohishaxona tashkil qilgan ayolning ozodligi 1,5 yilga cheklandi


Samarqand shahar Kimyogarlar qo‘rg‘oni 29-dahasi “Shukrona” MFYda joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida ijarada yashovchi T.H. ismli ayol fohishaxona tashkil qilgan.

2018-yilning 25-noyabr kuni soat taxminan 23:30 atrofida Tamara Hamrayeva 60 ming so‘m pul evaziga tadbirga jalb qilingan “Shahzod” ismli shaxsga jinsiy aloqa qilishi uchun yashash uyidan alohida xona ajratib, sharoit yaratib bergan.

Samarqand shahri IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida T.H. jinsiy aloqa qilish uchun sharoit yaratib bergani uchun 60 ming so‘m pul olganligi xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.

“Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayevning ma’lum qilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining “Shukrona” mahallasida bo‘lib o‘tgan sayyor sud majlisida T.H.ning jinoyat ishi atroflicha o‘rganilib, sudya G‘ayrat Negmatov sud hukmini e’lon qilgan.

Sud hukmiga ko‘ra, T.H. O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona tashkil etish yoki saqlash) bilan aybdor deb topilib, 1 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют