» » Toshkentda “Yuksalish” umummilliy harakati taqdimoti o‘tkazildi

Toshkentda “Yuksalish” umummilliy harakati taqdimoti o‘tkazildi


Bugun, 7-fevral kuni Toshkent shahridagi Hyatt Regency mehmonxonasida vazirlik va idoralar, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xalqaro tashkilotlar, NNTlar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida “Davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etishning milliy ustuvor vazifalari va istiqbollari” mavzuida fuqarolik forumi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

Forum doirasida “Yuksalish” umummilliy harakatining maqsad va vazifalari, faoliyat yo‘nalishlari rasmiy taqdimoti o‘tkazildi. Tadbir Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etildi.

Fuqarolik forumi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonida “Yuksalish” umummilliy harakatining ta’sis etish va unga belgilangan vazifalardan kelib chiqib hamda Harakatlar strategiyasi ijrosi doirasida o‘tkazildi.

Tadbir fuqarolik jamiyati rivojiga to‘siq bo‘layotgan eng dolzarb muammolarni muhokama qilish, ularni hal etish yuzasidan o‘zaro hamkorlikda takliflar tayyorlash, davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada jadallashtirishga qaratilgan yangi tashabbuslarni ishlab chiqish maqsadida tashkil etildi.

Fuqarolik forumi ikki sessiyadan iborat bo‘lib, birinchi qismda “Yuksalish” umummilliy harakatining maqsad va vazifalari, faoliyat yo‘nalishlari rasmiy taqdimoti o‘tkazildi.

Tashkilot vakillari tomonidan harakatning o‘z oldiga qo‘ygan rejalari, loyihalari, fuqarolar va xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash tartibi, a’zolik kabi ko‘pchilikni qiziqtirayotgan savollarga javob berildi.

“ ‘Yuksalish’ umummilliy harakati 2019-yilning 25-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida nodavlat notijorat tashkiloti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Biz horijiy hamkorlarimiz bilan qator loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirganmiz. Harakatga istalgan O‘zbekiston fuqarosi, shuningdek chet elda yashayotgan vatandoshlar ham bepul, ixtiyoriy tarzda a’zo bo‘lishi mumkin. A’zo bo‘lish harakat saytida amalga oshiriladi”, — deydi “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burxonov.

“Yuksalish” umummilliy harakatining asosiy vazifalari quyidagilar:

“Yuksalish” umummilliy harakati hududiy bo‘limlarga ega bo‘lib, O‘zbekiston taraqqiyotiga befarq bo‘lmagan barcha fuqarolar, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar, biznes hamjamiyati, akademik doira vakillarini amalga oshirilayotgan islohotlar atrofida ixtiyoriylik asosida birlashtiradi.

Ikkinchi qism “Davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etishning milliy ustuvor vazifalari va istiqbollari” mavzusiga bag‘ishlanib, unda Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan tadbirlarni hayotga tadbiq etishda NNTlari, fuqarolik jamiyati institutlari va faollari ishtirokini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, NNTlar va davlat boshqaruvi organlari o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari, davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etish borasidagi xalqaro tajribalar muhokama qilindi.

Tadbir yakunlariga ko‘ra, ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar hamda xalqaro tashkilot vakillari tomonidan o‘tkazilgan taqdimotlar umumlashtirilib, davlat idoralari va fuqarolik jamiyati institutlarining tizimli va samarali muloqotini yo‘lga qo‘yish, davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolik jamiyati institutlarini faol jalb etish bo‘yicha ishlab chiqiladigan taklif va hisobotlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют