» » Olimlar nonushta ozishga yordam bermasligini aytdi

Olimlar nonushta ozishga yordam bermasligini aytdi


Melburndagi Monasha universitetidan bo‘lgan bir guruh olimlar tadqiqotlari natijasi nonushta kun davomida iste’mol qilingan kaloriyani kamaytirib ozishga yordam beradi, degan taxminlar o‘z tasdig‘ini topmaganini ko‘rsatdi, deb yozadi “Liga Novosti”.

Tadqiqotchilarning aniqlashicha, nonushta qilmaydiganlarning vazni ertalab ovqatlanadiganlarnikiga qaraganda o‘rtacha 440 grammga kam bo‘lgan. Nonushta qiluvchilar kuniga 260 dan ko‘proq kaloriya olgan.

Olimlar bunda tadqiqot ishtirokchilari hayot tarzini ham e’tiborga olish kerakligini ta’kidlagan. Doimiy nonushta qiladigan insonlar sog‘lig‘iga ko‘proq e’tiborli bo‘lib, sifatli mahsulotlar iste’mol qiladi.

Olimlar o‘tkazilgan tadqiqotlar sifati nisbatan yuqori bo‘lmaganligi sababli, bunday xulosalar ehtiyotkorlik bilan talqin etilishi kerakligi, aks holda bu teskari natijalarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют