» » Germaniya Kubogi. “Bavariya” 1/4 finalga chiqdi, “Borussiya D” esa musobaqadan chiqib ketdi

Germaniya Kubogi. “Bavariya” 1/4 finalga chiqdi, “Borussiya D” esa musobaqadan chiqib ketdi


5—6-fevral kunlari futbol bo‘yicha Germaniya Kubogining 1/8 final bahslari doirasida bir nechta bellashuv bo‘lib o‘tdi.

5-fevral, seshanba kuni Dortmundning “Borussiya” klubi o‘z maydonida “Verder”ni qabul qildi.

1-bo‘limning 5-daqiqasidayoq mehmon jamoa a’zosi Milot Rashitsa hisobni ochgan bo‘lsa, 45-daqiqaga kelib “Borussiya Dortmund” yetakchisi Marko Roys hisobni tenglashtirdi (1:1).

105-daqiqada Kristian Pulishich jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (2:1). Oradan 3 daqiqa o‘tib, Klaudio Pisarro hisobni 2:2 ko‘rinishiga olib keldi. 113-daqiqada esa Ashraf Hakimi Maksimilian Filipp uzatmasini golga aylantirdi. Ikkinchi 15-daqiqalikning oxirgi daqiqalarida Milot Rashitsa o‘rniga maydonga tushgan Martin Harnik jamoasining 3-goliga mualliflik qildi (3:3).

Qo‘shimcha bo‘limlarda ham kuchlar teng keldi. Penaltilar seriyasida esa “Verder”ning qo‘li baland keldi. Shu tariqa “Borussiya Dortmund” o‘z uyida mag‘lubiyatga uchradi va musobaqa bilan xayrlashdi.

6-fevral, chorshanba kuni Myunxenning “Bavariya” klubi mehmonda “Herta” bilan jang qildi.

1-bo‘limning 3-daqiqasida Maksimilian Mittelshtedt hisobni ochdi. Oradan 4 daqiqa o‘tib, Serj Gnabri hisobni tenglashtirdi (1:1).

2-bo‘limning 49-daqiqasida Serj Gnabri Xames Rodriges uzatgan to‘pni raqib darvozasiga joylab qo‘ydi va dublga erishdi (2:1). 66-daqiqaga kelib esa Devi Selke hisobni 2:2 ko‘rinishiga olib keldi.

1-qo‘shimcha bo‘limning 98-daqiqasida “Bavariya” hujumchisi Kingsli Koman jamoasining goliga mualliflik qildi va o‘yinga nuqta qo‘ydi.

Shu tariqa “Bavariya” safarda g‘alaba qozondi va musobaqaning keyingi bosqichiga chiqdi.

Germaniya Kubogi

1/8 final bahslari

5-fevral, seshanba

Gol: 1:0 — 54 Ozkan.

Gollar: 0:1 — 44 Btandt, 1:1 — 47 Dovedan, 2:1 — Multaup.

Gollar: 1:0 — 47 Souza, 1:1 — 52 Tekpetey, 1:2 — 61 Proeger, 1:3 — 76 Antvi-Ajej.

Gollar: 0:1 — 5 Rashitsa, 1:1 — 45 Roys, 2:1 — 105 Pulishich, 2:2 — 108 Pisarro, 3:2 — 113 Hakimi, 3:3 — 119 Xarnik.

6-fevral, chorshanba

Gol: 0:1 —  85 Gregorich.

Gol: 1:0 — 9 Kunya.

Gollar: 1:0 — 30 Kutusu, 2:0 — 48 Sane, 3:0 — 53 Ut, 3:1 — 71 Xennings, 4:1 — 87 Sane.

Gollar: 1:0 — 3 Mittelshtedt, 1:1 — 7 Gnabri, 1:2 — 49 Gnabri, 2:2 — 66 Selke, 2:3 — 98 Koman.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют