» » Rasman: Rustam Ashurmatov Janubiy Koreya klubiga o‘tdi?

Rasman: Rustam Ashurmatov Janubiy Koreya klubiga o‘tdi?


Janubiy Koreyaning “Gvangju” klubi “Bunyodkor” himoyachisi Rustam Ashurmatov bilan shartnoma tuzganini e’lon qildi, deb yozadi “Championat.asia”.

“Menga ”Gvangju“ o‘yin uslubi yoqdi. Yangi jamoamga tezroq qo‘shilish va o‘zimning yaxshi o‘yinlarimni namoyish etishni istayman”, — deydi Ashurmatov klub rasmiy saytiga.

Ma’lumot uchun, “Gvangju” Janubiy Koreya K-2 ligasida ishtirok etadi. Ayni paytda jamoani mahalliy murabbiy Park Jin Sub boshqarib bormoqda. O‘tgan mavsum ushbu klub safida braziliyalik Jil, Felipe Silva va Robson kabi legionerlar to‘p surdi. Bundan tashqari o‘zbek futbol muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan yaponiyalik Sato Minori(“Bunyodkor”da to‘p surgandi) ham 2018-yilni “Gvangju” safida o‘tkazdi.

Jamoa o‘z uy o‘yinlarini 40245 muxlisga mo‘ljallangan “Gwangju World Cup” stadionida o‘tkazadi. Bu stadionda 2002-yilgi mundial bahslari bo‘lib o‘tgan. Janubiy Koreya K-2 ligasida yangi mavsum 2-mart kuni start oladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют