» » 5 yoshli Saidkamolning tuzalib ketishiga hissa qo‘shaylik!

5 yoshli Saidkamolning tuzalib ketishiga hissa qo‘shaylik!


Andijon viloyati Andijon tumanida tug‘ilgan 4,5 yoshli Saidkamol Solijonov hozirda og‘ir betob. Qariyb to‘rt oydan beri u o‘tkir limfoblastli leykoz deb ataluvchi og‘ir kasallik bilan kurashmoqda.

Saidkamol Solijonov 2014-yil 14-avgust kuni tug‘ilgan. Chaqaloqlik davri yaxshi o‘tgan, xastalikka chalinmagan.  Onasining so‘zlariga ko‘ra, 2018-yil sentabr oyining kunlarining birida  u birdan kasallanib, yotib qolgan.

“O‘g‘lim 2018-yil sentabr oyida, 4 yoshligida kasallanib qoldi. Unda holsizlik,  ko‘p charchab qolish va  rangi o‘ta oqarish  alomatlari kuzatildi. Keyin Andijon tumanidagi gematologiya shifoxonasiga farzandimizni olib bordik va bu markazda 10 kundan ortiq dori va ukol muolajalarini oldi, ammo sog'ligida ijobiy o‘zgarishlar bo‘lmadi.

Shifokorlar Toshkentdagi shifoxonalarni biriga olib borib tekshirtirib kelishimizni aytishdi. Shifoxonalarni biriga kelib tekshirtirganimizda, farzandimizda hech qanday kasalik topilmadi. Farzandimni ahvoli kundan-kunga og‘irlashaverdi.

Tana harorati ko‘tarilib, isitmalay boshladi va umuman yurolmay qoldi. 2018-yilning oktabr oyi boshlarida Toshkentdagi Respublika qon quyish va ilmiy tekshirish institutiga olib keldik. Mutaxassislar tomonidan o‘g‘limda chuqur tekshiruvlar o‘tkazildi. Umurtqa pog‘onasi iligidan tahlil olib tekshirilganida va tekshuruv natijalariga ko‘ra, farzandimning o‘tkir limfoblastli  leykoz bilan kasallangani aniqlandi.

Yana asosiy uchta kursdan keyin  navbatdagi qo'shimcha  qo‘llab-quvvatlovchi kimyo terapiya muolajalarini ham olishi kerak. Davolanish muddati 2,5 yilni tashkil etadi.

Bu  kasallik uzoq vaqt davolanishni va moddiy ta’minotdan juda katta mablag‘ talab qilar ekan. Dorilari juda qimmat. Qiyin vaziyatda qoldik. Hozirda gematologiya ilmiy tekshirish institutida farzandimni davolanishi, qolgan kurslarni, muolajalarni davom ettirishi uchun saxovatpesha yurtdoshlarimizning xolis moddiy ko‘magi  zarur”, — deydi onasi Fazilatxon Maripova.

Hozirgi vaqtda Saidkamol  Toshkent shahridagi Gematologiya va qon quyish ilmiy tadqiqot institutida Gematologiya bo‘limida nazoratda turibdi va haftada to'rt  marta murakkab kimyoterapiya muolajasini olmoqda.

Saidkamolning kundalik hayoti tengdoshlarinikidan tubdan farq qiladi. U har doim niqob taqib yurishga majbur, immuniteti o‘ta past ekani bois, turli kasalliklarga chalinishi juda oson.

U quyoshli va sovuq kunlarda ko‘chaga chiqmaydi, mo‘tadil ob-havoda tengdoshlari bilan biroz o‘ynaydi. Ammo jismonan zo‘riqtiradigan harakatlar qilishi mumkinmas.

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, Saidkamolning sog‘ayib ketishi uchun imkoniyat bor. U kimyoterapiya muolajalarini o‘z vaqtida olishi, dori-darmonlarni qabul qilish shart. Ammo oila imkoniyatlarining cheklangani uning ota-onasini tashvishga solib qo‘ygan.

Saxovatpesha insonlardan Saidkamolbekning sog‘ayib ketishida imkon qadar hissa qo‘shishni so‘raymiz!

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali: (Click, Payme) 

Onasi Fazilat Maripova nomiga ochilgan 

Xalq banki: 8600 0602 8191 1769

Xalq bank amaliyot Andijon bo‘limi, Kuyganyor tumani filialida onasi Fazilat Maripova nomiga ochilgan rekzivitlari: 

MFO: 00658  INN: 200258654

Hisob raqami: 20206000 400000 658605

Xorijdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun otasini pasport ma’lumotlari:

Maripov Bahodirjon Solijonovich

Pasport raqami: АА 1014316

Otasi Bahodirjon Maripovning  telefon raqami: 

+99890 268 66 89



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют