» » “Rossiya-Kultura” telekanalida Imom al-Buxoriy hayotiga bag‘ishlangan film namoyish etiladi (foto)

“Rossiya-Kultura” telekanalida Imom al-Buxoriy hayotiga bag‘ishlangan film namoyish etiladi (foto)


Imom al-Buxoriyning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan hujjatli film “Rossiya-Kultura” telekanalida namoyish etiladi. Bu haqda O‘zbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabar berdi.

Film 17-fevral kuni Moskva vaqti bilan soat 13:20 da efirga uzatiladi.

Mazkur film islom tarixi va madaniyatidagi buyuk shaxs – Imom al-Buxoriy hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan.

Ming yillardan buyon u nafaqat musulmon olamida, balki butun dunyoda ulkan hurmat – e’tiborga sazovor insondir. Favqulodda qobiliyatli va adolatparvar Imom al-Buxoriy Qur’oni Karimdan so‘ng islom ta’limotidagi ikkinchi kitob – “Al Jome’ as-sahih” (“Ishonchli to‘plam”) asarining muallifi hisoblanadi.

Filmda O‘zbekistonning mashhur olimlari, xorijiy ekspertlar va diniy ulamolar ishtirok etgan.

“Yaratganga xizmat qilish va insoniyatga cheksiz muhabbat bilan yo‘g‘rilgan umr. Imom Kurrai zamindagi sayohatining eng so‘nggi kunigacha o‘zining yuksak g‘oyalari va ulkan vazifasiga sodiq bo‘lib qoldi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют