» » Adliya vazirligi xalqaro shartnomalar loyihasini huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi

Adliya vazirligi xalqaro shartnomalar loyihasini huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi


O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risidagi qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qonunga muvofiq, O‘zbekistonning xalqaro shartnomalari quyidagicha tuziladi:

O‘zbekiston nomidan — davlatlararo shartnomalar;

Hukumat nomidan — hukumatlararo shartnomalar.

Adliya vazirligi xalqaro shartnoma loyihasi qonun hujjatlariga muvofiqligini huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi.

Loyihalar Tashqi ishlar vazirligida ham majburiy huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi hamda xalqaro shartnoma matnining quyidagilarga mosligi tekshiriladi:

xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga;

O‘zbekistonning boshqa xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan xalqaro majburiyatlarga;

O‘zbekistonning tashqi siyosiy faoliyat sohasidagi qonun hujjatlariga;

yuridik texnika talablariga va O‘zbekistonning xalqaro shartnomalarini rasmiylashtirish amaliyotiga muvofiqligiga.

O‘zbekiston nomidan xalqaro shartnoma tuzish to‘g‘risidagi taklif Prezidentga Tashqi ishlar vazirligi tomonidan kiritiladi.

O‘zbekiston hukumati nomidan xalqaro shartnomani tuzish to‘g‘risidagi taklif Vazirlar Mahkamasiga Tashqi ishlar vazirligi tomonidan kiritiladi.

O‘zbekistonning idoralararo shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi taklif Prezidentga yoki hukumatga ushbu shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalar o‘z vakolatiga kiradigan davlat organi tomonidan kiritiladi.

Prezident, Bosh vazir, Tashqi ishlar vaziri, davlat organining rahbari xalqaro shartnomalarni imzolaydi.

Quyidagi xalqaro shartnomalar ratifikatsiya qilinadi:

davlatlararo munosabatlarning asoslari haqidagi va o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi;

O‘zbekistonning mudofaasiga daxldor masalalar bo‘yicha, tinchlik shartnomalari va kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnomalar;

O‘zbekistonning boshqa davlatlar bilan hududiy chegaralanishi to‘g‘risidagi;

O‘zbekistonning davlatlararo ittifoqlardagi, xalqaro tashkilotlardagi va boshqa birlashmalardagi ishtiroki to‘g‘risidagi;

bajarilishi amaldagi qonunlarning o‘zgartirilishini yoki yangi qonunlar qabul qilinishini talab etadigan.

Xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunga asosan ratifikatsiya yorlig‘i Prezident tomonidan imzolanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2019, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют