» » Snouden AQSh rasmiylari smartfonlarda zaif joylar qoldirganini “aqlsizlik” deb atadi

Snouden AQSh rasmiylari smartfonlarda zaif joylar qoldirganini “aqlsizlik” deb atadi


AQSh hukumati tomonidan mahalliy smartfonlarda xakerlar tomonidan foydlanilishi mumkin bo‘lgan zaif bo‘g‘inlarning yaratilishi aqlsizlik bo‘lgan. Bu haqda WikiLeaks chop etgan MRB kiberjosuslik uslublari haqida fikr bildirgan AQSh maxsus xizmatlari sobiq xodimi Edvard Snouden ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Markaziy razvedka boshqarmasi hisobotlari AQSh hukumati Amerika mahsulotlarida zaif joylar yaratgani va keyinchalik ularni atayin saqlab kelganligini ko‘rsatmoqda. Bu shunchalik kalta o‘ylanganki, ta’riflashga til ojiz. Chunki zaif joylar yopilmas ekan, har qanday xaker MRB qoldirgan xavfsizlik tizimidagi himoyalanmagan nuqtalardan dunyodagi istalgan iPhone’ni buzish uchun foydalanishi mumkin”, — deya ta’kidladi Snouden.

AQSh maxsus xizmatlari sobiq xodimi WikiLeaks e’lon qilgan materiallar unga “muhim va haqqoniy” ko‘rinayotgani, ularni o‘rganishda davom etayotganini bildirdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-03-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют