» » Olimpiada chempioni Shahobiddin Zoirov professional boksga o‘tdi

Olimpiada chempioni Shahobiddin Zoirov professional boksga o‘tdi


Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Shahobiddin Zoirov faoliyatini professional boksda davom ettiradi. Bu haqda GoSport xabar berdi.

Buxorolik charm qo‘lqop ustasi Buyuk Britaniyaning mashhur “MTK Global” promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. U xatto yangi jamoasi bilan birga Ispaniyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini ham o‘tkazishga ulgurdi.

“Ha, Britaniya kompaniyasi bilan shartnoma imzoladim. Ayni paytda Buxorodaman. Hafta oxirida Angliyaga jo‘nab ketishim kerak. Hozir vizaning chiqishini kutyapman. Birinchi jangimni qachon va kimga qarshi o‘tkazaman, kabi savollarga u yerga borganimdan so‘ng oydinlik kiritiladi”, — dedi Zoirov.

Ma’lumot uchun, super og‘ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni britaniyalik Tayson Fyuri, Martin Myurrey, Billi Jo Sonders singari sobiq jahon chempionlari ham “MTK Global” promouterlik kompaniyasi mijozi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Shahobiddin Zoirov Rio Olimpiadasining hal qiluvchi final jangida rossiyalik bokschi Misha Aloyanni mag‘lubiyatga uchratib, shoxsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2019, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют