» » Murodjon Ahmadaliyev bir yo‘la ikkita kamar uchun jang qilishi mumkin

Murodjon Ahmadaliyev bir yo‘la ikkita kamar uchun jang qilishi mumkin


Professional boksning birinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev (5 ta jang, 5 ta g‘alaba, 1 ta nokaut) WBA jahon chempionligi kamari uchun ringga chiqishi bo‘yicha savdo muzokaralari bir haftaga kechiktirildi. Bu haqda GoSport xabar berdi.

Ahmadaliyev va mazkur yo‘nalish bo‘yicha chempion, amerikalik Daniel Romanga (26 ta g‘alaba, 2 ta durang, 1 ta mag‘lubiyat) qarshi jang o‘tkazish uchun majbur da’vogar bo‘lgandi. Ikki tomon promouterlari jangni tashkil qilish bo‘yicha muzokaralarni kelisha olmagach WBA 6-fevral kuni jangni tashkil qilish bo‘yicha savdolarni boshlashi kerak edi.

Roman promouterlari bokschining IBF kamari sohibi avstraliyalik Terens Doeniga (21 ta jang, 21 ta g‘alaba) qarshi ikkita kamarni birlashtiruvchi jangni tashkil qilish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini bildirgach, WBA Roman-Ahmadaliyev jangi uchun ochiq savdolarini bir haftaga ortga surdi. Endilikda Roman 13-fevralgacha kelgusi jangi bo‘yicha ma’lumot berishi kerak bo‘ladi.

Murodjon Ahmadaliyev shug‘ullanayotgan “Mir boksa“ promouterlik kompaniyasi menejeri Vadim Kornilovning ma’lum qilishicha, vaziyat o‘zgarmaydi.

“Agar Roman Doeni bilan jang bo‘yicha kelishuvga erishilgan taqdirda ham Murodjon birinchi da’vogar bo‘lib qolaveradi. Agar jang durang bilan tugaydigan bo‘lsa, Murodjon aniq Romanning keyingi raqibi bo‘ladi. Agar u g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, Ahmadaliyev bir yo‘la WBA va IBF kamarlari uchun jang qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Yil oxiriga qadar biz chempionlik jangini tashkil etishni reja qilganmiz. Hozir esa WBA’ning so‘nggi qarorini kutmoqdamiz”, — deydi Kornilov.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Roman-Doeni jangi aprel oylarida bo‘lib o‘tishi mumkin. Agar shunday bo‘lgan taqdirda Murodjon Ahmadaliyev esa avgust-sentabr oylarida chempionlik kamari uchun ringga chiqadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют