» » Air India to‘liq ayollardan iborat ekipajning birinchi dunyo bo‘ylab reysini amalga oshirdi

Air India to‘liq ayollardan iborat ekipajning birinchi dunyo bo‘ylab reysini amalga oshirdi


Air India samolyoti ekipaji to‘liq ayollardan tashkil topgan dunyodagi eng birinchi samolyot bo‘ldi. U Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida dunyo bo‘ylab parvoz qildi. Bu haqda aviakompaniyaning Facebook’dagi sahifasiga tayanib, “Kommersant” xabar bermoqda.

Boeing 777 samolyoti 27-fevral kuni Nyu-Delidan parvozni boshlab, Tinch okeanidan uchib o‘tdi va San-Fransiskoga qo‘ndi.

Dunyo bo‘ylab sayohat 5-mart kuni Nyu-Delida yakunlandi: samolyot San-Fransiskodan Atlantika okeani orqali qaytdi.

Reyslarda to‘liq ayollar — uchuvchi va bort kuzatuvchilaridan tortib yo‘lovchilarni ro‘yxatga olish va xizmat ko‘rsatish xodimlarigacha ayollar xizmat qildi. Samolyotga sertifikat berish va yo‘lovchilar hamda ularning yuklarini tekshirish bilan ham ayollar shug‘ullandi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-03-2017, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют