» » Istanbulda 8 qavatli binoning qulab tushishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 6 kishiga yetdi

Istanbulda 8 qavatli binoning qulab tushishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 6 kishiga yetdi


Istanbulda sakkiz qavatli binoning qulab tushishi oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi, 13 kishi jarohatlandi. Bu haqda shahar gubernatori Ali Yerlikayya ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Avvalroq Kartal tumanidagi binoning qulashi oqibatida uch kishining halok bo‘lganligi ma’lum bo‘lgan edi. Qutqaruvchilar bir sutkadan ortiq vaqtdan buyon vayronalarni tekshirmoqda.

“Yana uchta jasad vayronalar ostidan olib chiqilgan, shu tariqa halok bo‘lganlar soni olti kishiga yetdi. Yaralanganlardan 13 nafari jonlantirish bo‘limida”, — dedi Yerlikayya jurnalistlarga.

Qutqaruv operatsiyasida turli idoralarning 500 ga yaqin xodimi ishtirok etmoqda. Prokuratura favqulodda hodisa yuzasidan surishtiruvni boshlagan. Uch qavatning noqonuniy qurilishi uyning qulashi sabablaridan biri sifatida ko‘rib chiqilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют